Qozoğiston 2023 yildan lotin yozuviga asoslangan alifboga ötişni boşlaydi. Yangi alifboning sönggi namunasi tasdiqlangan. Bu haqda Qozoğiston boş vazirining rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilişiça, 28 yanvar kuni boş vazir Asqar Mamin raisligida qozoq alifbosini lotin yozuviga asoslangan alifboga ötkaziş böyiça Milliy komissiya yiğilişi bölib ötgan. Yiğilişda lotin yozuviga asoslangan qozoq alifbosining yangi namunasi taqdim etilgan va tasdiqlangan.

Ma'lumotlarga köra, Qozoğistonda lotin alifbosiga ötiş haqida çiqarilgan ilk qarordan söng, alifboning 40 dan ortiq namunasi, şuningdek, qozoq tili imlosi va klaviaturada harflar qanday tartibda joylaştiriş loyihalari körib çiqilgan.

«Takomillaştirilgan yangi alifbo lotin alifbosining 31 ta asosiy belgilari orqali qozoq tilining 28 ta tovuşini töliq qamrab oladi.

Qozoq tilining öziga xos ә (ä), ө (ö), ү (ü), ұ (ū) i ğ (ğ), ş (ş) tovuşlari xalqaro amaliyotda tez-tez işlatiladigan diakritik belgilar: umlaut (¨), makron (ˉ), sedil (¸), brevis (˘) bilan belgilanadi», deyiladi xabarda.

Ta'kidlanişiça, yiğilişda yangi alifbo qozoq tilining yozma amaliyotida mustahkamlangan «bir tovuş — bir harf» tamoyiliga mos kelişi ma'lum qilingan. Yiğiliş qarorida, yangi alifboga 2023 yildan ötiş, 2031 yilgaça bosqiçma-bosqiç ötib böliş rejasi tasdiqlangan.

Bundan taşqari, yiğilişda lotin alifbosiga asoslangan qozoq alifbosining yangi namunasi klaviaturada qanday tartibda joylaştirilişi ham tasdiqlangan.

«Takomillaştirilgan namunadagi yangi alifbo qozoq tilining rivojlanişiga yangi turtki beradi va uni zamonaviy an'analarga mos ravişda rivojlanişiga hissa qöşadi. Kelgusida qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan alifboga bosqiçma-bosqiç ötişi uçun tayyorgarlik işlari olib borilişi kerak», degan Qozoğiston boş vaziri Asqar Mamin.

Hukumat rahbari qozoq tilining lotin yozuviga asoslangan takomillaştirilgan alifbosi böyiça aholi örtasida keng tarğibot va tuşuntiriş işlarini olib borişni buyurgan.