Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Hujjat bilan 28.08.2019 yildagi ÖRQ-558-son qonunga hamda Prezidentning 22.04.2020 yildagi PF-5984-son farmoniga muvofiq Prezidentning qator hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda (Toşkent viloyatidan taşqari) boşqa davlatlardan kelgan va doimiy propiska qiliniş huquqiga ega bölgan şaxslar – çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar toifalari röyxatiga (28.08.2018 yildagi PQ-3924-son qaror bilan tasdiqlangan) quyidagilar kiritildi:
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoşlar va ularning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
Özbekiston Respublikasi hududida tovarlar işlab çiqariş va xizmatlar körsatiş böyiça korxonalar taşkil qiliş uçun kamida 3 mln AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan çet el fuqarosi yoki fuqaroligi bölmagan şaxs – xorijiy investitsiyalar iştirokidagi korxona muassisi (iştirokçisi) hamda ularning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari);
«Faxriy fuqaro» maqomi berilgan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar, şuningdek ularning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari).
Özbekiston Respublikasi pasport tizimi töğrisidagi nizom hamda Fuqaroligi bölmagan şaxslarning biometrik yöl hujjatlari töğrisidagi nizom (5.01.2011 yildagi PF-4262-son farmon bilan tasdiqlangan) 2-1 bölim bilan töldirildi, unda sud ajrimi bilan amal qilişi töxtatib turilgan pasport (yöl hujjati) örniga yangi pasport (yöl hujjati) beriş tartibi keltirilgan.
Qidiruvda bölgan ayblanuvçi yoki sudlanuvçi respublika hududida uşlangan taqdirda sud ajrimi bilan amal qilişi töxtatib turilgan pasport (yöl hujjati) içki işlar organlari yoki çegara nazorati bölinmalari tomonidan ma'lumotlarni yiğiş punktiga yöq qiliş uçun jönatiş maqsadida olib qöyiladi. Ayblanuvçiga (sudlanuvçiga) pasporti olib qöyilganligi haqida dalolatnoma beriladi.
Sud ajrimi bilan pasportining (yöl hujjatining) amal qiliş muddati töxtatib turilgan ayblanuvçiga yoki sudlanuvçiga yangi pasport (yöl hujjati) ma'lumotlari yiğiş punkti tomonidan pasport tizimi qoidalarini buzganlik uçun ma'muriy javobgarlikka tortilmagan holda, zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boşlab 10 kun içida beriladi.

















