«Amerika ovozi» jurnalisti Navbahor Imomova Özbekiston boş vaziri örinbosari Sardor Umurzoqov bilan suhbatda prezident bilan ötgan majlislarda mutasaddilar bloknotga tinimsiz yozişlari, bir-birlarini tinglaşmayotgani va közma-köz muloqot qilinmayotgani omma muhokamasiga sabab bölişi haqida savol berdi.

Boş vazir örinbosarining aytişiça, davlat rahbari iştirokidagi majlisda yozişmalardan maqsad topşiriqlarni eslab qoliş, ma'lum masala yuzasidan xulosa qiliş uçun qulay va bu Özbekistonda şakllangan siyosiy madaniyatdir. 

«Bu – bizda şakllangan siyosiy madaniyat. Misol qilib men özimni aytişim mumkin. Bir kun davomida boş vazir örinbosari sifatida davlat rahbaridan neçta topşiriq olişimni hisob-kitob qilsak, oson bölmaydi. Çunki u bitta yoki ikkita emas. Men özim uçun topşiriq berilganda yozişimning sababi eslab qolişim uçun va mavzudan kelib çiqib özimning işimga taalluqli bölgan joylarini xulosa qilişim, agar menga söz berilsa, asosan qaysi masalalarni kötarişim kerakligini özim uçun belgilab olaman. Prezident aytganlarida yoziş ham siyosiy madaniyat, u bizda şakllanib böldi. Bu nima omillar ta'sirida paydo böldi va hokazo gaplar ikkinçi masala.

Har bitta davlat va jamiyatda öziga yaraşa siyosiy madaniyat bor. Nima uçun şu savolni qöyayotgan odamlarimiz boşqa davlatlardagi bizga juda bir ğalati tuyulişi mumkin bölgan holatlarni muhokama qilmaydi.

Masalan, ayrim şarqiy Osiyo davlatlarida bir – biriga engaşişlar bor. U mamlakatlar juda demokratik deb tan olingan. Men juda köp misol keltirişim mumkin. Lekin bu bizda şakllangan siyosiy madaniyat va biz uni hurmat qilişimiz kerak», – dedi hukumat rasmiysi.

Suhbat davomida jurnalist hukumat rahbarlari prezident bilan qay darajada oçiq muloqot qila olişi haqida söragan.   

«Albatta, bizda yopiq, ya'ni tor doiradagi yiğilişlarda turli fikrlar aytiladi. Hatto prezident oldida ham men bitta fikr aytişim, boşqa hamkasbim unga nisbatan boşqaça fikr aytişi ham mumkin. Davlat rahbarining talablari ham şundan iborat. Boşqa mamlakatlardagi, hukumatlardagi a'zolar, hamkasblarimiz köradi. Ular ham muzokaralarda qatnaşişadi. Qiziq-qiziq muloqotlar, gaplar böladi. Ya'ni bizni körişadi. Ular bizga havas bilan «sizlarda prezident gapirişga imkoniyat berarkan, sizlarni tinglar ekan» deb aytişadi», – deya boş vazir örinbosari sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Sardor Umurzoqov 2019 yil yanvardan e'tiboran Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri sifatida