Qonunga asosan, 30 iyul Özbekistonda Xalqlar döstligi kuni deb belgilanmoqda.

Ma'lumot uçun, BMT Boş Assambleyasi 2011 yilda qabul qilgan rezolyutsiyada xalqlar, davlatlar, madaniyatlar va insonlar örtasidagi döstlik, tinçlikni ta'minlaş bilan boğliq harakatlarga ilhomlantiriş hamda madaniy xilma-xillikni hurmat qiladigan jamiyatlar örtasida köpriklar örnatiş maqsadida 30 iyul – Xalqaro döstlik kuni (International Day of Friendship) sifatida belgilangan.

Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekistonda 130dan ziyod millat va elat vakillari, 16 ta diniy konfessiya a'zolari istiqomat qiladi. Mamlakatda 141 ta milliy madaniy markaz bor.

  • Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi işlab çiqqan edi.