Prezident “Xalqlar döstligi kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlaş töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Faollar mamlakatda millatlararo döstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari örtasida özaro hamjihatlik, bağrikenglik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlaş, milliy madaniyatlar, urf-odat va an’analarni saqlaş hamda rivojlantirişga qöşgan munosib hissasi, xorijiy davlatlar bilan ikki tomonlama manfaatli munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada kengaytiriş, Yangi Özbekistonning tinçliksevar va xalqparvar siyosatini xalqaro miqyosda keng tarğib etiş borasidagi katta xizmatlari, yoş avlodni vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş yölidagi ibratli işlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun mukofotlandi.

Quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat şuhrati» ordeni bilan

  • Usmanov Nail Kayumoviç - Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti milliy tadqiqot universitetining gidromeliorativ işlarni mexanizatsiyalaş kafedrasi dotsenti;
  • Şarofidinov Suvxidin - Söx tumani nuroniylar jamoatçilik kengaşi faoli, Farğona viloyati;

«Döstlik» ordeni bilan

  • Avazov Ergaş Xidirberdiyeviç - Respublika turkman milliy madaniy markazining Surxondaryo viloyati bölimi raisi;
  • Adjiosman Zakir Sabriyeviç - Toşkent şahridagi «Avdet» qrim-tatarlar milliy madaniy markazi raisi örinbosari;
  • Adilbayev Janabay - Qoraözak tumanidagi «Quralpa» ovul fuqarolar yiğini raisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi;
  • Blumxardt Aleksandr - Knauf kompaniyasining MDH davlatlari böyiça hamkor boşqaruvçilari boş vakili;
  • Veysalov Rasul Latifoviç - Sirdaryo tumani nuroniylar jamoatçilik kengaşi faoli, Sirdaryo viloyati;
  • Volodin Andrey Yakovleviç - Özbekiston rus milliy madaniy markazining Namangan viloyati bölimi raisi;
  • Geçu Sergey Viktoroviç - «Özbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2-navli prokat sexi elektr uskunalarini ta’mirlaş ustasi, Toşkent viloyati;