4 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi IIV Xorijiy fuqarolarni vaqtinçalik saqlaş markazidan 7 nafar özbekistonlik Moskva – Toşkent yönalişidagi charter reys orqali Özbekistonga olib kelindi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, xorijiy mamlakatda murakkab vaziyatga tuşib qolgan uşbu fuqarolar Özbekistonning Moskva şahridagi elçixonasi bilan hamkorlikda olib kelingan. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillari Rossiyadan qaytarilgan şaxslar bilan profilaktik tadbirlarni ötkazgan hamda ularga moddiy yordam pullari berilib, doimiy yaşaş manzillariga kuzatib qöyilgan.
Avvalroq, 23 yanvar kuni Rossiyadagi vaqtinçalik saqlaş markazidan 13 nafar özbekistonlik vatanga olib kelingan edi.
2019 yilning birinçi yarim yilligida Rossiya Federatsiyasining Xorijliklarni vaqtinçalik saqlaş markazlarida bölgan, hujjat va mablağlarsiz qiyin ahvolda qolgan jami 719 nafar fuqaro Özbekistonga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.
Özbekiston prezidentining 2018 yil 5 iyuldagi «Özbekiston Respublikasining taşqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori bilan Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi taşkil etilgan bölib, jamğarmaning asosiy vazifalaridan biri xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiriş davomida şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz va yaşaş uçun mablağlarsiz qolgan, oğir moddiy ahvolga uçragan fuqarolarga huquqiy va ijtimoiy himoya, şuningdek, moddiy yordam körsatiş hisoblanadi.
Bugunga kelib Rossiyaning 78ta mintaqasida mavjud Xorij fuqarolarini vaqtinçalik saqlaş markazlarida migratsiya qonunçiligini buzgan xorijliklar sud qarori bilan uşlab turiladi. Maxsus «priyomnik»larda saqlanaëtganlar orasida özbekistonliklar köpçilikni taşkil etadi.

















