Prezident Şavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili» davlat dasturini tasdiqlaş töğrisida farmon imzoladi.
Dasturga muvofiq, Özbekiston Respublikasi fuqaroligini beriş tartibini takomillaştiriş böyiça qonun loyihasi işlab çiqiladi.
Dastlabki loyihaga köra, 2021 yil 1 maydan boşlab Özbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yaşaş guvohnomasi asosida doimiy yaşayotgan, şuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yaşaş guvohnomasi asosida doimiy yaşab turgan fuqaroligi bölmagan (çet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) şaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda Özbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan oliş tartibi joriy qiliş nazarda tutilgan edi.
Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan ötkazildi hamda undagi fuqarolik olişni istagan şaxs Özbekistonda yaşaş guvohnomasini 2005 yilgaça olgan bölişi kerakligi haqida talab olib taşlandi.
Loyihani amalga oşiriş muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uçun Içki işlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul etib belgilandi.
Eslatib ötamiz, 2020 yil 29 dekabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida 15 yil davomida muqim yaşagan, fuqaroligi bölmagan şaxslarga töğridan töğri Özbekiston fuqaroligini beriş tartibi joriy qilinişi haqida gapirgandi.

















