Parlament yuqori palatasining ön ikkinçi yalpi majlisida «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi qonun körib çiqildi va ma'qullandi.

Ma'lum qilinişiça, hujjat auditorlik faoliyatini tartibga solişning xalqaro me'yorlariga asoslanadi.

Xususan, qonunda:

  • auditorlik faoliyatining litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan çiqarilişi;
  • auditorlik faoliyati faqat Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oşirilişi;
  • majburiy auditorlik tekşiruvidan ötişi zarur bölgan ijtimoiy ahamiyatga ega taşkilotlar röyxati şakllantirilişi;
  • auditorlik taşkilotlarining ustav kapitali miqdoriga bölgan talab bekor qilinişi hamda ulardagi auditorlarning eng kam soni kamida tört nafar bölişi;
  • aynan bitta xöjalik yurituvçi sub'yektda auditorlik tekşiruvini ketma-ket yetti yilgaça ötkazişga ruxsat berilişi belgilandi.

Şuningdek, hujjatda «Tavakkalçilik-tahlili» asosida auditorlik taşkilotlari işi sifatini taşqi nazoratdan ötkaziş va uning natijalarini vakolatli davlat organi va auditorlar respublika jamoat birlaşmalarining rasmiy veb-saytida e'lon qiliş nazarda tutilmoqda.

Ma'lumot uçun, «Auditorlik faoliyati töğrisida»gi qonun 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan. 2000 yilda unga özgartiş va qöşimçalar kiritilib, yangi tahriri tasdiqlangan.

Avvalroq, auditorlik faoliyatida qanday özgarişlar kutilayotgani xabar qilingan edi.