“Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, qonun loyihasi fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini ötkaziş jarayonining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, fuqarolarning saylov huquqlarini amalga oşirişiga qulay şaroit yaratiş, şuningdek, fuqarolar yiğini raisini saylaş muddatini uzaytiriş maqsadida işlab çiqilgan.

Ma'lum qilinişiça, qonun loyihasining qabul qilinişi fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini taşkil etiş va ötkaziş tartibini yanada takomillaştirişga, saylov jarayonlarining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaşga, fuqarolarning öz konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oşirişiga qulay şaroit yaratişga hamda bevosita saylov huquqlarining kafolatlari ta'minlanişiga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi “Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunining 22ta moddasiga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadi.

Loyihada fuqarolar yiğini raisining (oqsoqolining) tegişli hududda doimiy yoki vaqtinça turgan joyi böyiça yaşovçi fuqarolar tomonidan beş yil muddatga bevosita saylanişi, saylov fuqarolar vakillarining yiğilişi tarzida ötkazilganida, fuqarolar vakillarining soni saylovda iştirok etiş huquqiga ega bölgan fuqarolar umumiy sonining kamida yigirma foizini taşkil etişi lozimligi belgilanmoqda. Şuningdek, fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini körib çiqiş va özining uşbu nomzodlar böyiça asoslantirilgan xulosalarini beriş tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliğining vakolatiga ötkazilmoqda, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va uning hududiy bölinmalarining saylovdagi örni hamda takroriy ovoz berişni ötkaziş va böşab qolgan örinlarga fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovi ötkazişning aniq tartibi va muddatlari belgilanmoqda.

Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) saylovini taşkil etiş va ötkaziş böyiça işçi guruhning miqdor tarkibi hamda vakolatlari aniqlaştirilmoqda, xususan, ovoz beriş binolarini jihozlaş va ularda zarur tartibni saqlab turiş mas'uliyati işçi guruh zimmasiga yuklatilmoqda.

Şuningdek, saylovga tayyorgarlik köriş hamda uni ötkazişga doir barça tadbirlarda, saylov kuni ovoz beriş xonalarida va ovozlarni sanab çiqişda iştirok etuvçi kuzatuvçilarning tarkibi, huquq va majburiyatlari belgilanmoqda hamda fuqarolar yiğini raisini kun davomida saylaş tartibi joriy etilmoqda.