ÖzFA Yadro fizikasi instituti Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy tekşiriş muassasalaridan. Institutda yadro fizikasi, qattiq jismlar radiatsion fizikasi, materialşunoslik, aktivatsion tahlil, radiokimyo, ilmiy asbobsozlik, axborot texnologiyalari yönalişlari böyiça fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boriladi.
Institut direktori Ilhom Sodiqov hozirgi kunda institutda mavjud ilmiy yönalişlar, 14 ta ilmiy bölim va laboratoriyalar faoliyati töğrisida ma'lumot berdi.
«Yadro fizikasi instituti 1956 yilda taşkil topgan bölib, 2016 yilda hukumat qarori bilan tugatilgan va 2ga bölib yuborilgan edi. Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan 2017 yilda qaytadan taşkil etilgan. Hozirgi kunda institutda 14 ta ilmiy bölim va laboratoriya faoliyat körsatmoqda.
Institutda 10 MVt quvvatli VVR-SM tadqiqot yadro reaktori, NG-150 neytron generatori; U-150 siklotroni «Elektronika U-003» elektron tezlatgiçi; Kobalt-60 gamma qurilma kabi 7 ta noyob yadro-fizikaviy ilmiy obektlar faoliyat körsatadi.
Asosiy asbob-uskunalarimiz eski. Institutimizda 10 mingdan ortiq uskunalar bölsa, şuning 80 foizdan ortiği ittifoq davrida işlab çiqarilgan.
Institut qoşida 3 ta şu'ba korxona mavjud bölib, ularning 2 tasi – «Radiopreparat» davlat korxonasi va «Tezlatgiç» MÇJ tibbiyot va sanoat ehtiyojlari uçun radioizotop mahsulotlar işlab çiqaradi. Bu korxonalar 50 dan ortiq radiofarmatsevtik vositalarni işlab çiqarib, respublikamiz tibbiyot klinikalarining bunday mahsulotlarga bölgan talabini töliq qondiriş bilan birga, dunyoning 14 mamlakatiga eksport qiladi», – deydi institut direktori.
Ilhom Sodiqov institut ilmiy faoliyatini jadallaştirişdagi muammolar xususida töxtaldi.
Uning fikriça, ilmiy institutlari uçun zarur pribor va boşqa uskunalarni, xöjalik şartnomalari orqali hisobraqamga tuşadigan pullarni har bir institut özi bevosita boşqarişi va nazorat qilişi kerak.
«Ötgan yillar mobaynida ilmiy tadqiqot muassasalari moddiy texnik bazasini rivojlantiriş uçun mablağlar ajratildi. Har bir ilmiy muassasa öziga eng zarur apparatlar röyxatini berdi. Yadro fizikasi institutiga 1,5 mln dollar asbob-uskunalar xarid qiliş uçun ajratilgan edi, şundan 30 foizini – röyxatdagi 40ta pribordan 3tasini özlaştirib olganmiz, xolos. Qolganlari böyiça esa işlar juda ham sust.
Bundan taşqari, öşa priborlarni sotib oliş tizimi öta murakkab. Bu tizim böyiça tenderlar ötkaziladi. Tenderga oylab, ba'zida yillab vaqt ketyapti. Bu vaqt içida öşa tenderga qöyilgan asbob-uskunalar eskirib qolyapti.
















