Yangi tahrirdagi “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qayd etilişiça, qonun loyihasini qabul qilişning maqsadi - “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi qonun 2013 yilda qabul qilingan bölib, uning normalari fuqarolar yiğinlari faoliyati bilan boğliq munosabatlarni töliq qamrab olmagan.
Qonun loyihasi 9 bob va 70ta moddadan iborat. Loyihada qonun hujjatlarini qöllaşda mavhum bölgan ayrim tuşunçalarga (“köçaboşi”, “uyboşi”, “fuqarolarning vakili”) izoh berilmoqda hamda jamoaviylik, aholi oldida hisobdorlik, boşqaruvda fuqarolarning iştiroki kabi prinsiplar bilan töldirilmoqda, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatining asosiy yönalişlari belgilanmoqda va respublikadagi mavjud 9168ta fuqarolar yiğinlari hududiy joylaşuvi, aholi soni böyiça toifalarga ajratilmoqda. Fuqarolar yiğinlarini tuziş, birlaştiriş, böliş, tugatiş, şuningdek, ularning çegaralarini belgilaş va özgartiriş, ularga nom beriş va nomini özgartiriş tartibi qonun normalari bilan mustahkamlanmoqda.
Fuqarolar özini özi boşqariş organlarining vakolatlari sohalarga ajratilmoqda, fuqarolar yiğini raisi örinbosarlarining vakolatlari, fuqarolar yiğinidagi komissiyalar va jamoatçilik tuzilmalarining faoliyatini taşkil etiş tartibi hamda vazifalari, fuqarolarning vakili, köçaboşi va uyboşilarning faoliyatini taşkil etiş, ularning vazifalari hamda huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Fuqarolar yiğinlari xodimlarining huquqiy va ijtimoiy muhofazasi, ular faoliyatining kafolatlari hamda mehnat munosabatlari tartibga solinmoqda, fuqarolar yiğini raisiga nisbatan işonçsizlik bildiriş tartibi hamda fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) guvohnomasi va kökrak nişoni joriy etilmoqda.
Şuningdek, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş böyiça vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadigan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri hamda tumanlar va şaharlar bölinmalarining vazifalari alohida bobda belgilanmoqda.

















