Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini ta'minlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisida Nizom» alimentdan qarzdor fuqarolar uçun qarzdorlikni oldindan tölaşi uçun imkoniyat yaratmoqda.
Majburiy ijro byurosining Buxoro şahar bölimi iş yurituvida fuqarolik işlari böyiça Buxoro tumanlararo sudining 2019 yil 10 iyundagi sud buyruğiga asosan qarzdor U.A.dan undiruvçi G.A. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi M.A.ning moddiy ta'minoti uçun qarzdorning har oydagi iş haqi va boşqa turdagi barça daromadlarining törtdan bir qismi miqdorida aliment undiriş töğrisida ijro hujjatiga köra, qarzdor U.A.ning 2021 yil 1 fevral holatida alimentdan 13 mln 142 ming söm qarzdorligi mavjud bölgan.
Davlat ijroçisi tomonidan alimentlarni oldindan tölaş, şuningdek, aliment tölaş majburiyatini ta'minlaş böyiça garov şartnomasini tuziş tartibi töğrisida tartib tuşuntirilgaç, qarzdor U.A. ijro hujjati böyiça aliment oluvçi (voyaga yetmagan M.A.)ga uning 18 yoşga tölgunga qadar özining nomida bölgan Nexia-2 rusumli avtomaşinani özaro notarial kelişuv orqali hamda Buxoro şahar T.Faroğiy köçasidagi 2 xonali kvartirani hadya şartnomasi asosida ötkazib bergan.
Şundan söng, davlat ijroçisi tomonidan qarzdor U.A.ga belgilangan barça çeklovlar bekor qilinib, aliment bilan boğliq ijro hujjatlari amalda tamomlangan.
«Aliment tölovçi qarzdor otalar U.A.ning harakatlaridan özlariga töğri xulosa çiqarib olişadi, deb umid qilamiz», deyiladi MIB axborot xizmati ma'lumotida.
Eslatib ötamiz, avvalroq boşqa bir buxorolik ota 3 farzandli bir ayoliga 537 mln, 2 farzandli ikkinçi ayoliga 274 mln tölab bergani xabar qilingandi.















