Vazirlikning Kadrlar boş boşqarmasi mas'ul xodimi Şermuhammad Saidahmadovning izohlaşiça, harbiy xizmatçilarning farzandlari ma'lum sabablarga köra köplab marta maktabini özgartirişiga töğri keladi, bu esa ularning bilim olişiga ta'sir qiladi.
«Harbiy xizmatçi 20–25 yil xizmat qiladigan bölsa, xizmati davomida bir joydan boşqa joyga köçib yuradi. Aniqlaşimizça, hatto şunaqa harbiy xizmatçilar bor ekanki, farzandi 20, 25 marta maktab almaştirgan.
Tasavvur qiling, bir joydan ikkinçi joyga köçiş, yangi ijtimoiy muhitga, jamoaga moslaşib ketiş qançalik qiyin, bularning barçasi öqiş jarayoniga bevosita ta'sir qiladi. Şu sababli prezidentimiz özlari aytdilarki, biz harbiy xizmatçilarga kömak bermasak bölmaydi.
Prezident qaroriga asosan, harbiy xizmatçilarning farzandlari uçun respublika oliy ta'lim muassasalariga bor-yöği 5 foizlik davlat granti asosida qabul kvotasi ajratilyapti xolos. Davlat tomonidan kömak berilmasa bölmaydi, bu imtiyozlar şaroitdan kelib çiqqan holatda berilyapti», – deya Şermuhammad Saidahmadovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mulozimning ta'kidlaşiça, harbiylarning farzandlari uçun közda tutilgan imtiyoz birinçi navbatda burçini ötaş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning farzandlariga taqdim etiladi.
«Imtiyoz birinçi navbatda burçini ötaş çoğida halok bölgan yoki nogiron bölib qolgan harbiy xizmatçilarning farzandlariga beriladi. Ular tanlovda qatnaşişmaydi, balki imtihonlarsiz talabalar safiga qabul qilinişadi. Qolgan imtiyozlar jangovar xizmatda yaxşi natijalarga erişgan harbiy xizmatçilarning farzandlariga beriladi.
2020 yilda harbiy xizmatçilarning mingga yaqin farzandlariga imtiyoz berildi. Şundan 600dan ziyodi öqişga kirdi. Lekin bu bir yilgi körsatkiç xolos. Ötgan yili imtihondan ötolmaganlar 2021 yilda ham, undan keyingi yili ham imtiyozidan foydalanişi mumkin böladi. Imtiyoz uç yilga beriladi.
Ammo imtiyoz berilgani bilan abituriyent minimal ballni jamğarişi kerak. Harbiy xizmatçilarning şunaqa farzandlari ham borki, öşa minimal ballni olişga ham bilimi yetmayapti», – dedi Şermuhammad Saidahmadov.
Davlat qabul komissiyasining 2018 yil 4 iyuldagi 2-son bayoniga köra, 2020 yilda uşbu grant kvotasining miqdori 888 tani taşkil etgan. Undan 44 foizi (390 ta örin) Mudofaa vazirligiga, 10 foizi (89 örin) Içki işlar vazirligiga, 3 foizi (27 örin) Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, 30 foiz Davlat xavfsizlik xizmatiga (266 örin), 1 foizi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligiga (9 örin), 10 foizi Milliy gvardiyaga (89 örin), şuningdek, Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xavfsizlik xizmatiga 2 foiz (18 örin) kvota

















