2021 yilning yanvarida respublika taşqi savdo aylanmasi 2 milliard 303 million dollarni taşkil etib, 2020 yilning mos davriga nisbatan 657,6 million dollar yoki 22,2 foizga kamaydi. Bu haqda Statqöm ma'lumot bermoqda.
Joriy yilning ilk oyi davomida taşqi savdo aylanmasida eksport hajmi 694,8 million dollar, import hajmi esa 1 milliard 608,1 million dollarni taşkil qilgan. Taqqoslaş uçun, yanvar oyida eksport 46 foizga (2020 yil yanvar oyida 1 milliard 286,5 million dollarni taşkil etgan) import esa 3,9 foizga (2020 yil yanvar oyida 1 milliard 674 million dollar) qisqargan. Hisobot davrida 913,3 million dollar qiymatida passiv taşqi savdo balansi qayd etilgan.
Eksportning keskin qisqarişini yanvar oyida umuman oltin eksport qilinmagani bilan izohlaş mumkin. Ötgan yilning mos davrida 489,8 million dollar oltin eksport qilingan. Özbekiston sönggi uç yil içida birinçi marta yanvar oyida oltin sotmadi. Respublika oxirgi 5 oy davomida qimmatbaho metallarni eksport qilmagan. Oxirgi marta oltin 2020 yil avgust oyida sotilgan.
2021 yil yanvarida Xitoy Özbekistonning asosiy iqtisodiy hamkor davlati sifatida qayd etilgan. Özbekiston va Xitoy örtasidagi özaro savdo hajmi 484,2 million dollarni taşkil qilgan. Şundan 147 million dollar eksport uluşi, 337,2 million dollar import uluşi ekani ma'lum qilingan.
Özbekistonning savdo şeriklari orasida Rossiya ikkinçi örinda (özaro taşqi savdo aylanmasi 429, 7 million dollar) qayd etilgan. Keyingi poğonalarda Qozoğiston, Turkiya, Fransiya joy olgan.
Ma'lumot uçun, 2020 yilning yanvar-dekabr oylarida Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 36,3 milliard AQŞ dollarini taşkil qilib, eksport hajmi 15,2 milliard dollar, import hajmi 21,1 milliard dollar ekani qayd qilingan.
Şuningdek, 2020 yilning yanvar-dekabr oylari yakunlari böyiça respublika taşqi savdo aylanmasidagi eksport hajmining 38,3 foizini oltin egallagan.















