Fuqarolik işlari böyiça Qöqon tumanlararo sudi 2020 yil 14 dekabrda qarzdor erkakdan ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uçun sobiq rafiqasi foydasiga iş haqi va boşqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undiriş haqida qaror çiqargan.

Majburiy ijro byurosining Qöqon şahar bölimi aliment undiriş böyiça ijro işi yurituvi qözğatilgani haqida qarzdorga xabar bergan, aliment tölamaslik qanday huquqiy oqibatlarga olib kelişi va muntazam ravişda har oyda belgilangan muddatlarda alimentni tölab borişi şartligi tuşuntirilgan.

Byuro matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, 19 fevral kuni qarzdor erkak farzandlari 18 yoşga tölgunga qadar alimentni oldindan tölab berişga qaror qilganini aytgan.

Ma'lum bölişiça, u bu borada sobiq rafiqasi bilan özaro kelişib olgan.

Hisob-kitoblarga köra, oldindan tölaşi lozim bölgan 65 mln söm aliment puli örniga öziga tegişli bölgan, taraflar kelişuviga köra 6700 dollarga baholangan «Spark» rusumli avtomaşinani topşirgan.

Qayd etilişiça, Qöqon şahridagi notarial idorada bu jarayon protsessual rasmiylaştirilib, ayol aliment pulidan voz keçganini öz arizasi bilan tasdiqlagan.