Filolog, bloger Şahnoza Soatova YouTube'dagi «Ular» loyihasining navbatdagi mehmoni böldi. Intervyu davomida u bir neçta mavzular qatori özbek-lotin alifbosiga ötiş masalasida ham öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
«Avval boşdan alifboni nega özgartirganmiz? Buni heç kim rad etmaydi, bunda siyosiy motivlar rol öynagan. Talaba bölgan paytlarimizda ustozlarimizdan nimaga ötyapmiz, deb söraganmiz. Darsda bölmasa-da, keyin aytişardi: «Biz dunyoni özbekça anglaşimiz, sovetça tafakkurdan qoçişimiz kerak. Hamma narsamiz özgarişi, dunyoga çiqişimiz kerak». Bu – albatta siyosiy motiv va bugun ham bu narsa turibdi.
Bundan taşqari, biz lotin yozuviga ötişni qonun darajasida qabul qilib qöyganmiz. Qonun bölgandan keyin esa bajarilişi lozim. Bu borada boşqa nima bahs bölişi mumkin.
Özbek-lotin alifbosidagi asosiy muammo – diakritik belgilar işlatilişi («o‘» va «g‘» harflarida) hamda qöşharflar masalasi («sh» va «ch»). Buni ikki yilça avval jiddiy bahs qilganmiz, asosiy muammo texnik jihatlarga borib taqaladi. Özbek tilining korpusi, elektron luğatlar, tezaruslarni yaratiş haqida gapiryapmiz, lekin «o‘» va «g‘» harflaridagi diakritik belgi sözni ikkiga bölib taşlayapti. Natijada elektron musahhih uni ikki söz deb qabul qiladi, elektron musahhih töliq işlamaydi.
Biz bugun butun dunyo hal etib qöygan texnik masalani ham qabul qilmay, muammo atrofida aylanib yuribmiz.
Ikki yoki törtta harf özgargani savodga katta ta'sir qilmaydi deb hisoblayman. Asosiy jihati – özbek-lotin yozuvida öqiş malakasining kamligi. Amaliyotda juda kam işlatiladi. Masalan, bola darsliklarda lotinça öqib çiqqan bölsa ham, keyingi jarayonlarda, OAVda, kitoblarda köpinça kirilldan foydalanadi. Lotinçadagi matnlarni köpaytirsak va öqiyversak, kimgadir bir oy, kimga 6 oy içida könikiş orqali bu narsa ötib ketadi. Çunki boşqa davlatlar ötdiku.
Alifbo islohoti masalasi kötarilgan paytda köpçilikda şunday fikr böldi: «Hozirgi ahvolimiz şundoq ham ayançli, na kirillda qolyapmiz, na lotinga töliq ötyapmiz, ustiga ustak lotin alifbosidagi 4 ta harfni özgartiriş xalqni bundanda battar savodsizlaştirmaydimi?»
Men aytamanki, vahimaning közlari katta böladi. Biz özgarişlardan qörqamiz. Fikrlaşib ötirsak-u, bajarib körmasak, vahimali körinaveradi. Tezda bajariladigan işni qilmaslik ham bizni orqaga tortadi. Lotinçaga ötişdagi muammolar ham şundaki, biz ortiqça muşohada qilib yubordik, amalda esa heç narsa yöq.










