Içki işlar vazirining şaxsiy tarkib böyiça buyruği bilan lavozim tayinlovlari amalga oşirildi. Bu haqda IIV Kadrlar boş boşqarmasi xabar bermoqda.

Podpolkovnik Furqat Samijonoviç Mirzayev Namangan viloyati, Uyçi tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlandi.
F. Mirzayev 2017 yildan buyon Kosonsoy tumani IIB boşliği lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Podpolkovnik Rasuljon Ahmadjonoviç Pattayev esa Furqat Mirzayev örniga Kosonsoy tumani IIB boşliği lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar R. Pattayev Namangan şahar IIO FMB boşliği örinbosari-tergov bölimi boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 19 fevral kuni Namangan şahrida xalq deputatlari viloyat kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida prezident Şavkat Mirziyoyev Uyçi tumanining törtta sektor rahbarini, şu jumladan, içki işlar bölimi boşliği Avazbek Xöjaxonovni işdan olişga körsatma bergandi.
Prezidentning Namangan viloyatiga safari ortidan Uçqörğon tumanida ham IIB boşliği özgargan.
















