2021 yil davomida 20ta davlatdagi vatandoşlarga 50 ming dona özbek tilidagi kitoblar yetkaziladi. Bundan taşqari, Özbekistondagi turli tilli 1865ta maktabga öqitiş tilidagi kitoblar yetkazilişi reja qilingan. Bu haqda 25 fevral kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan döstlik aloqalari qömitasi raisi örinbosari Azamat Toşev ma'lum qildi.

Qömita raisining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu loyiha Vazirlar Mahkamasi qaror loyihasini tasdiqlagaç amalga oşadi, kitoblarni xorijga va Özbekiston böylab tarqatişga davlat budjetidan 2,5 milliard söm mablağ ajratiladi. Qaror loyihasi tez orada tasdiqlanadi.

«Deylik, AQŞda istiqomat qiluvçi vatandoşlarning farzandlari Amerikada tuğilib ösgan bölişi mumkin, ular şanba-yakşanbalik maktablarda ona tili - özbek tilini örganmoqçi. Ular uçun biz şaroit yaratib bermoqçimiz.

Özbekistonda naşr qilingan, ularga tuşunarli bölgan öquv darsliklari, badiiy kitoblar yetkazib beriladi. 50 mingta kitob 20ta davlatdagi vatandoşlarga yetkazilişi reja qilingan. Uşbu davlatlarda 158ta vatandoşlik jamiyatlari bor, şulardan 38tasi bilan aloqa örnatganmiz. Bular AQŞ, Buyuk Britaniya, Belgiya, Fransiya, Kanada, Koreya, Yaponiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston kabi davlatlardir», dedi qömita raisi örinbosari.

Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, respublikadagi boşqa tilli maktablarga kitoblarni tarqatişda yetkazilayotgan kitob tili öqitiş tiliga monand böladi. Masalan, qozoq tilli maktablarga Abay asarlari qozoq tilida, tojik tilli maktablarga Jomiy asarlari ularning öz tilida naşr qilingan kitoblar yetkaziladi.

Şuningdek, qömita raisi örinbosari taşkil qilinişi rejalaştirilayotgan «Vatandoş» jamğarmasi haqida gapirdi.

«Butun dunyoda 10 milliondan ortiq özbeklar xorijda istiqomat qiladi. Prezidentning 39-82 sonli qaroridan «Vatandoş» konsepsiyasi örin olgan bölib, unda xorijda istiqomat qiluvçi şaxs vatandoşimiz bölişi uçun u özbek bölişi şart emasligi belgilab qöyilgan.

Agar boşqa millat vakili ham Özbekiston bilan yaqin aloqa qilişni xohlasa, bizning madaniyat bilan qiziqsa, biz ularni ham qöllab-quvvatlaymiz. 60dan ortiq xorij universitetlarida özbek tili örganilmoqda, demak, tilimizga qiziqiş bor, biz albatta bularni ham qöllab-quvvatlaymiz.

Hozirgaça xorijdagi 38ta vatandoşlik jamiyatlari bilan hamkorlik qilib kelayotgan bölsak, yaqinda Özbekistonda «Vatandoş» jamğarmasi tuzilişi reja qilingan. Bu jamğarma barça işlarimizning amaliy mexanizmi böladi», dedi Azamat Toşev Kun.uz bilan suhbatda.