Soğliqni saqlaş vazirligi 1 mart kuni Özbekistonda koronavirusga qarşi ilk vaksina davlat röyxatidan ötkazilgani haqida xabar berdi.
«Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarşi vaksinani yaratişda Özbekistonning hissasi va ca'y-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Uşbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda işlab çiqariş va foydalanişga kelişilgani bildirildi.
Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi xabariga köra, bugun 2021 yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarşi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qöllaş uçun tegişli tartibda davlat röyxatidan ötkazildi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.
Dori-darmonlar qatorida vaksinalar ham tibbiyot amaliyotida qöllanilişiga davlat röyxatidan ötkazilganidan keyin ruxsat etiladi.
Ma'lumot uçun, Özbekistonda koronavirusga qarşi emlaş mart oyining birinçi yarmida boşlanişi ma'lum qilingan. Maxsus komissiya qaroriga köra, Özbekistonda Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan «Sputnik V» vaksinasini qöllaşga ruxsat berildi. Koronavirusga qarşi kuraşiş tadbirlari va vaksina uçun 3 trillion söm ajratiş rejalaştirilgan.

















