Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi xabar berişiça, 28 fevral kuni soat 12:30larda Xöjayli tumani «Madaniyat» MFY hududida yaşovçi A.A.ning eski uyini buzayotgan B.Q., S.L. va J.T. ustiga devor qulab tuşgan.

Natijada uçala fuqaro ham devor tagida qolib, voqea joyida halok bölgan.

Hodisa haqida Xöjayli tumani IIBga şu kuni 13:00larda xabar kelib tuşgan.

Holat böyiça Xöjayli tumani IIB tergov bölimi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-bölimi «a» bandi bilan jinoyat işini qözğatgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib ötamiz, 2020 yilning yozida Toşkent viloyatining Qibray tumanida joylaşgan «Baytqörğon temir beton mahsulotlari» kompaniyasining işlab çiqariş hududida devor qulaşi oqibatida uç kişi halok bölgandi.