67 studio «Telegram» kanalida xabar berilişiça, Özbekistonga kirib kelayotgan fuqarolardan COVID-19’ga ekspress-test oliş bilan boğliq muammolar va ularning e'tirozlariga sabab bölayotgan masalalar yeçimlariga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi.
Botir Qurbonovning matbuot anjumanida aytişiça, 2020 yilning 25 dekabridan to bugungi kungaça xalqaro aeroportlar orqali 708ta samolyot, temir yöllar orqali 8ta poyezd va avtomobil yöllari orqali 70 340ta avtotransport respublika hududiga kirib keldi.
«Uşbu kirib kelgan transportlar yordam 378 454 nafar yölovçi tibbiy sanitariya körigidan ötkazilgan, ulardan 131 874 nafari çet el fuqarolaridir. Kirib kelgan yölovçi va haydovçilardan koronavirus infeksiyasiga namuna olingan bölib, ulardan 173 nafarida ekspress usulida musbat natija aniqlangan. Jumladan, aviayölovçilar orasida 72 nafarda, avtomobil yöllari orqali kelgan yölovçi va xalqaro yuk taşuvçilar orasida 101 nafarida musbat natija aniqlangan», dedi Botir Qurbonov.
Avvalroq, çegarada ekspress test tekşiruvlarini taşkil etuvçi kompaniyalar uçun tanlov e'lon qilingani xabar berilgandi.
















