«Uşbu virusning özgaruvçan ekanligi, doimiy ravişda mutatsiyaga uçraşi, Covid-19 bilan boğliq xavflar yuqoriligi va koronavirus bilan qayta kasallaniş ehtimoli borligi sababli, uşbu kasallik bilan avval kasallangan bölişidan qat'i nazar, emlaniş tavsiya etiladi», degan Qurbonov.

Dastlab JSSTning tavsiyasiga köra va dunyodagi boşqa davlatlar tajribasini örgangan holda, soğliqni saqlaş vazirining joriy yil 15 fevraldagi tegişli buyruğiga asosan, aholi kasallikni yuqtirib oliş xavfiga qarab toifalarga bölingan. Demak, olib kelingan vaksinalar bilan emlaş ham şu ketma-ketlikda amalga oşiriladi. Unga muvofiq:

  • Yuqiş xavfi juda yuqori bölganlar: 65 yoşdan katta bölganlar (65-74, 75-84, 85 yoş va undan yuqori), tibbiyot xodimlari, surunkali kasalliklar bilan dispanser nazoratida turuvçilar;
  • Yuqori xavf ostida bölganlar: Qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari, jurnalistlar, blogerlar, OAV xodimlari, transport xodimlari (metro, temir yöl, aeroport), maktabgaça ta'lim taşkilotlari va maktablarda xizmat qilayotgan xodimlar, çet davlatlarda tahsil oluvçi talabalar, Mehnat migrantlari ketma-ketlikda emlanişi rejalaştirilmoqda.

Şundan keyingina asta-sekin aholining boşqa qatlamlari ham qamrab olinadi.

Qayd etilişiça, koronavirusga qarşi emlaş işlari köp tarmoqli markaziy poliklinika, oilaviy poliklinika, oilaviy şifokor punktlarida va mobil guruhlar tomonidan amalga oşiriladi. Hududiy ambulatoriya-poliklinika xizmati tomonidan fuqarolarga emlanadigan kuni, vaqti va joyi haqida xabar beriladi. Emlaş işlari maxsus tayyorgarlikdan ötgan, alohida sertifikatlarga ega bölgan vaksinatorlar tomonidan amalga oşiriladi.

  • Ayni paytda Özbekistonda koronavirusga qarşi eng birinçi emlanadigan aholi toifasini elektron röyxatga oliş işlari olib borilmoqda.
  • Avvalroq fuqarolar emlanişdan oldin albatta tibbiy tekşiruvdan ötkazilişi va qanday toifadagi aholi vakillariga emlaniş tavsiya etilmasligi ma'lum qilindi.