Samarqand viloyati Payariq tumanida 2 nafar bolani qasddan öldirib yoqib yuborgan va jinoyat izini yaşiriş uçun jasad qoldiqlarini kömib taşlagan ayol qölga olingan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bölişiça, 2021 yil 14 mart kuni Payariq tumani Alişer Navoiy mahallasida yaşovçi M.T. tuman IIB ga ariza bilan murojaat qilib, 2021 yil 13 mart kuni voyaga yetmagan 2007 va 2013 yilda tuğilgan farzandlari yaşaş uyidan noma'lum tomonga çiqib ketib, bedarak yöqolganligini va ularni topişda amaliy yordam berişni söragan.

Şundan söng, murojaat yuzasidan tuman prokuraturasi rahbarligidagi tergov-tezkor guruhi tomonidan amalga oşirilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida Payariq tumani Alişer Navoiy mahallasidagi hovlidan voyaga yetmaganlarning murdasi yoqib yuborilib, kömilgan holatda topilgan.
Aniqlanişiça, 2021 yil 13 mart kuni O.T. tanişi M.T.ning yaşaş uyiga yaşirin ravişda öğirlikka kirib, xonadonda heç kim yöqligidan foydalanib, pul va qimmatli buyumlarni qidirayotgan vaqtida M.T.ning 2 nafar farzandi maktabdan uyga qaytadi va sodir etilayotgan jinoyatining guvoh bölib qoladi.
Bundan taşvişga tuşgan O.T. öz jinoyatini yaşiriş va voyaga yetmagan bolalarni qasddan öldiriş maqsadida ularni aldab, özining yaşaş xonadoniga olib boradi. Közi qonga tölgan jinoyatçi öz hovlisida belkurak bilan dastlab A.T.ni, keyin uning akasi S.T.ning boş va böyin qismiga zarb bilan urib, tan jarohati yetkazib, ularni qasddan öldiradi.



Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 14 mart kuni jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «v», «j» va «o» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, O.T. himoya huquqi bilan ta'minlangan holda jinoyat-protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida uşlangan va bu haqda gumon qilinuvçining yaqin qarindoşiga telefon orqali xabar berilgan.
Jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Samarqand viloyat prokuraturasi öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda. Jinoyat işi tergovi şaxsan viloyat prokurori R.Maşaripov tomonidan nazoratga olingan.

















