Samarqand viloyati Jomboy tumanida 500 gramm opiy giyohvand moddasini 5 ming AQŞ dollariga sotayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Qayd etilişiça, 12 mart kuni Samarqand viloyati içki işlar boşqarmasi hamda Bulunğur tumani içki işlar bölimi jinoyat qidiruv bölimi xodimlari hamkorligida Jomboy tumani hududida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda Samarqand viloyati Jomboy tumani Eski Jomboy mahallasida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan S.A., A. ismli şaxsga 500 gramm miqdoridagi opiy giyohvand moddasini 5 000 AQŞ dollari evaziga sotgan vaqtda, jinoyat ustida qölga olingan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Bulunğur tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















