15 mart kuni AQŞning gidrotexnika inşootlari xavfsiz faoliyatini nazorat qiliş böyiça mutaxassislari guruhi Özbekistonga keldi. “Dunyo” axborot agentligi xabariga köra, ular “Hisorak” va “Töpalang” suv omborlari holatini örganadi.
Ma'lumotlarga köra, AQŞ armiyasi harbiy muhandislar korpusi (United States Army Corps of Engineers, USACE) bilan erişilgan kelişuv doirasida amerikalik mutaxassislar 15-28 mart kunlari Özbekiston Suv xöjaligi vazirligi, «Özbekgidroenergo» AJ, «Davsuvxöjaliknazorat» davlat inspeksiyasi va boşqa tuzilmalar vakillari bilan birgalikda Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida joylaşgan «Hisorak» va «Töpalang» suv omborlarining holatini örganadi.
Mutaxassislar uşbu gidrotexnika inşootlarining bugungi holati va yaxlitligini örganadi, ularning faoliyatida yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari asosida ehtimoliy nosozliklar modellarini işlab çiqiş, ularning yuzaga kelişi mumkin oqibatlarini tahlil qiliş, töğonlarning texnik monitoringini ötkaziş va xavfsizlik darajasini oşiriş böyiça tavsiyalar işlab çiqiladi.
Avvalroq, 25-29 yanvar kunlari USACE mutaxassislari suv omborlari xavfsizligini ta'minlaş maqsadida mas'ul özbekistonlik mutaxassislar uçun onlayn-treninglar ötkazgan edi.
2020 yil may oyida Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida sodir bölgan texnogen ofat profilaktika çoralari va mutaxassislarning kasb mahoratini oşiriş muhimligini namoyiş etdi. Özbekistonda suv resurslarini boşqariş va irrigatsiya sektorini rivojlantiriş strategiyasiga muvofiq, 2021 yilda Özbekistonda Yirik töğonlar böyiça xalqaro komissiya texnik reglamentlari va tavsiyalarini qöllaş va tasdiqlaş, xorijiy davlatlarning suv omborlari xavfsizligi va işonçli faoliyatini ta'minlaş böyiça zamonaviy tadbirlarni joriy etiş böyiça ilğor tajribasini örganiş böyiça takliflar tayyorlanadi.
USACE AQŞda 1775 yil taşkil etilgan ilk davlat xizmatlaridan biri hisoblanadi. Uşbu federal agentlik rejalaştiriş, loyihalaş, suv omborlari quriş va toşqinlardan muhofaza qiliş hamda tabiiy ekotizimlarning biologik xilma-xilligini tiklaş bilan şuğullanadi. Korpus AQŞdagi 3 mingdan köproq gidrotexnik inşootni ekspluatatsiya qiliş va ularga texnik xizmat körsatişni ta'minlaydi, 110 mamlakatda gidrotexnika inşootlarini loyihalaş, quriş, xavfsizlik böyiça tadqiqotlar ötkaziş va töğonlarning buzilişi oqibatlarini bartaraf etişga yordam beradi.

















