Beşariqlik tadbirkordan biri özining Facebook’dagi şaxsiy sahifasida Beshariq tumanida faoliyat körsatayotgan korxonasida elektr ta'minotining yöqligi haqida murojaat qoldiradi.  

Beshariq tuman hokimligi axborot xizmati tadbirkorning uşbu murojaatiga munosabat (https://t.me/beshariq_tumani_AX/1105) bildirdi. Holat Beshariq tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan örganib çiqilgan. 

«Haqiqatan ham, joriy yilning 14 – 17 mart kunlari ta'minotda jami 14 soat-u 36 minut uzilişlar bölgan. Natijada elektr ta'minotidagi uziliş tufayli tumandagi tadbirkorlarning işlab çiqarişida uzilişlar bölib, işlaş imkoniyati bölmagan. Hozirda elektr ta'minotidagi uzilişlarni kamaytiriş maqsadida viloyat hokimligi va «Hudud elektr ta'minot» bilan uzilişlarni bartaraf etiş çoralari körilmoqda», — deyiladi rasmiy munosabatda. 

Ta'kidlanişiça, tadbirkor Şerzod Erkaboyevga tegişli bölgan korxona 110/35/10 kV Madaniyat nimstansiyasidan çiquvçi 10 kV «Yangi» nomli havo uzatmasidan elektr ta'minoti bilan ta'minlanadi.