SSV matbuot xizmati xabar berişiça, 25 mart holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 144taga oşib, 81 ming 960 nafarni taşkil etmoqda. Bu esa yil boşidan beri kuzatilgan rekord körsatkiçdir.

Yangi kasallaniş holatlarining:

  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 13 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 6 nafari Toşkent viloyatida,
  • 115 nafari Toşkent şahrida koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Keça kun davomida:

  • Qoraqalpoğiston Respublikasida 1 nafar,
  • Toşkent viloyatida 21 nafar,
  • Toşkent şahrida 83 nafar bemor tuzalib, kasallikdan soğayganlar jami 80248 (+105) nafarga yetdi va soğayiş körsatkiçi 98 foizni taşkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1088 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 191 nafari oğir, 85 nafari esa öta oğir ahvolda.

Özbekistonda mart oyi örtalaridan epidemilogik vaziyat yomonlaşa boşladi. SSV statistikasiga köra, 13 mart kuni sönggi oylarda ilk marta bir kunda aniqlangan holatlar soni yuzdan oşdi, 24 mart kuni esa Toşkent şahrida kunlik körsatkiçlar soni yuzdan oşa boşladi.

Bundan taşqari, 23-24 mart kunlari koronavirus tufayli ölim holatlari qayd etildi - 2020 yil dekabridan buyon ketma-ket ikki kun ölim holatlari qayd etilmagandi - dekabrdan buyon sönggi marta faqat fevral oyida bitta ölim holati röy bergandi.