Nyu-York janubiy okrug federal sudi britaniyalik Benjamin Reynoldsni 22190 bitkoynni «noqonuniy özlaştirgani sababli 572 mln dollar jarimaga tortdi. Bu haqda AQŞ tovar fyuçerslari savdosi böyiça komissiya (CFTC) ma'lum qildi. 

Sud hukmiga köra, Reynolds 429 mln dollar jarima va aldangan mijozlarga 143 mln dollar kompensatsiya tölaydi.   

CFTC bayonotida aytilişiça, sudning jarima va kompensatsiya töğrisidagi qarori jabrlanganlarning barça pullari qaytarilişiga olib kelmasligi mumkin, «çunki unda bunga yetarli mablağ yoki aktivlar bölmasligi mumkin». Bundan taşqari, Reynoldsning hozirda qayerdaligi noma'lum, deb yozadi Bloomberg.

Ma'lumot berilişiça, Reynolds 2017 yil mayidan oktyabriga qadar veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va e-mail orqali butun dunyo böyiça 1000 kişidan, jumladan, AQŞda yaşovçi 169 kişidan öşa vaqtdagi qiymati 143 mln dollar bölgan 22190 bitkoyn söragan. U özining Control-Finance Limited kompaniyasi virtual valuta birjalari orqali bitkoynlarni sotib, ularning daromadlarini köpaytirib berişni va'da qilgan.

Aslida esa Reynolds heç qanday savdoni amalga oşirmagan. U oktyabr oxirigaça barçaning mablağini qaytarib berişni va'da qilgan bölsa-da, mablağlarni qaytarmagan. 

Bugungi kunda 22190 bitkoyn narxi 1,2 mlrd dollarga teng (bir bitkoyn — 54 849 dollar).