Skotlend-Yard pul yuviş işi doirasida umumiy qiymati 114 million funt sterlingga (158 million dollar) teng bitkoynlarni musodara qildi. Bu haqda The Times xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bu Buyuk Britaniya uçun rekord miqdordagi musodara hisoblanadi va yil davomida musodara qilingan barça kriptovalutalarning salmoqli uluşini taşkil etadi.
Ötgan yil davomida mamlakat hukumati giyohvand moddalar savdosi bilan boğliq iş doirasida 718 million funt sterlingga teng bitkoynlarni musodara qilgandi.
Avvalroq Janubiy Koreyada soliq tölaşdan qoçgan öziga töq fuqarolarning kriptovaluta aktivlarini musodara qiliş boşlangani xabar qilingandi.

















