Danğarada mast holda avtomobil boşqargan haydovçi yölning qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan. Ulardan biri vafot etgan.

Farğona viloyat IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2021 yil 25 mart kuni keç soat 20:00 da Danğara tumani «Nayman» mahalla fuqarolar yiğini hududidan ötgan 4N-943 Naymança—Çumoç avtomobil yölining 1-kilometrida yöl-transport hodisasi röy bergan. "Changhe pai" rusumli avtomaşinani işonç qoğozi bilan boşqarib ketayotgan, 1975 yilda tuğilgan mast haydovçi Q.B. harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yölning qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.

Natijada Furqat tumani Ingiçka qişloğida yaşovçi 1984 yilda tuğilgan Ş.M. oğir tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramay jabrlanuvçi şifoxonada vafot etgan.

Piyodalarning yana biri, şu qişloqda yaşovçi 1984 yilda tuğilgan M.O. esa yengil tan jarohati bilan şifoxonaga murojaat qilgan. Unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.