Sardoba suv omboridagi halokat nafaqat aholining, balki hududdagi minglab gektar maydonlarda joylaşgan fermer xöjaliklarining yerlarini ham yaroqsiz holga keltirdi.

Uşbu fojia sirdaryolik baliqçilarga ham katta zarar keltirgan. Viloyatning Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlaridagi 72ta fermer xöjaligining 3,46 ming gektar sun'iy köllari yaroqsiz holga kelgan - zarar miqdori 100 milliard sömdan oşadi.

Hodisadan söng prezident Şavkat Mirziyoyev Sirdaryoga taşriflari davomida bir neça bor fermerlarning zararlari qoplab berilişi haqida gapirgan.

Keyinroq, boş vazir örinbosari Şuhrat Ğaniyev tomonidan baliq xöjaliklari körgan zararni qoplaş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritiş topşiriği berilgan. Şu yilning 16 mart kuni Moliya vazirligiga taklif ham kiritilgan.

Biroq oradan şunça vaqt ötsa ham baliqçilarga zararni tölab beradigan taşkilot topilmayapti. Tuman, viloyat va respublika miqyosida xöjalik rahbarlari zararlarini qoplaşni sörab bormagan va ariza yozmagan taşkiloti qolmadi hisob.

Agar baliqçilar aprel oyida hovuzlarini tiklay olişmasa, bu yilgi mavsumda 3,5 ming gektar yerlar yaroqsiz va böş qoladi. 30 ming tonna baliq yetiştiriş rejasi amalga oşmaydi. Bu esa içki bozorda baliq mahsulotlari tanqisligi va narx-navo oşib ketişiga ham olib keladi.

Eslatib ötamiz, prezident farmoyişi bilan «Sardoba suv ombori» töğonidan suv toşişi oqibatlarini bartaraf etiş va hodisa sabablarini örganiş böyiça boş vazir Abdulla Aripov raisligidagi Hukumat komissiyasi tuzilgan.

Komissiyaga qişloq xöjaligi işlab çiqarişida yetkazilgan zararlar örnini qoplaş çoralarini köriş vazifasi topşirilgan.

Afsuski, hukumat komissiyasi favqulodda hodisa oqibatlari töla bartaraf etilmaganiga hozirça köz yummoqda.