
Şu vaqtga qadar YeI GSP+ dasturiga Armaniston, Boliviya, Kabo Verde, Qirğiziston, Mongoliya, Pokiston, Filippin, Şri Lanka davlatlari töliq a'zo hisoblanadi.
Bu dastur Yevropa Ittifoqi bozorlariga rivojlanayotgan mamlakatlardan kelayotgan qişloq xöjaligi va boşqa ayrim turdagi mahsulotlar eksportiga berilgan imtiyozlardir.
Dasturga töliq a'zo bölgan davlat Yevropa Ittifoqi bozorlariga 3000ga yaqin mahsulotlarni bojxona tölovlarisiz, 3200 turdagi mahsulotlarni esa pasaytirilgan stavkalar böyiça eksport qiliş imkoniyatiga ega böladi.
GSP+ dasturiga kirişdan manfaatdor mamlakat muayyan şartlarni bajarişi talab etiladi. Jumladan, inson huquqlari va asosiy mehnat standartlari sohasida 16 ta, atrof-muhitni muhofaza qiliş va samarali boşqaruv sohasida 11 ta – jami 27 xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilişi va samarali amalga oşirişi lozim.
















