Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 apreldan 14 kunlik onlayn öquv tartibiga ötkazildi. Ma'lum bölişiça, talabalar orasidan Covid-19 aniqlangan.

«Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hududida karantin qoidalariga töliq rioya qilinişi muntazam ravişda saqlanib kelinganiga qaramasdan, ayrim talabalar orasidan yengil şakldagi koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmatining Toşkent şahar Yunusobod tumani bölimi tavsiyasiga köra va koronavirus infeksiyasi talabalar va professor-öqituvçilar orasida keng tarqalib ketişining oldini oliş maqsadida Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi rahbariyatini xabardor qilgan holda, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari 2021 yil 12 aprel sanasidan 14 kunlik onlayn öquv tartibiga ötkaziladi», deyiladi universitet rasmiy sahifalarida e'lon qilingan ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöjaning talabalarga murojaatida.

Avvalroq bir nafar talabada koronavirus aniqlangani tufayli Toşkent şahridagi Inha universitetida darslar 23 martdan onlayn rejimga ötkazilgani xabar qilingan edi. Şundan söng Toşkent transport universiteti talabasida ham koronavirus aniqlanib, fakultet vaqtinça onlayn ta'limga ötgani ma'lum qilindi.