Xizmat tekşiruvi natijasida, şuningdek, elektrodepo boşliğining tarkiblarni ta'mirlaş böyiça örinbosariga maoşining 40 foizi miqdorida jarima tayinlandi.

E'tiborlisi, «Toşkent metropoliteni» UKning xizmat tekşiruvi boşlangani va uning natijasi haqidagi har ikkala xabari faqat rus tilida e'lon qilindi.

Eslatib ötamiz, 9 aprel kuni soat çamasi 18:40da Çilonzor yönalişining «Puşkin» bekatidan «Buyuk ipak yöli» bekatiga yölga çiqqan tarkib vagonlaridan kamida bittasining eşigi oçiq qoldi.

Avvalroq metropoliten ma'muriyati holat yuzasidan izoh berib, uzr söragandi.

Bu – Toşkent metrosida uç kun içida kuzatilgan uçinçi noxuş holat böldi. 7 aprelda «Ğafur Ğulom» bekatida poyezd işdan çiqib, yurmay qolgan, 8 aprelda esa Sergeli yönalişida harakat 6 soatga avariyaviy töxtab qolgandi: yangi qurilgan metro yölida nosozlik kelib çiqdi.

18 martda esa Sergeli yönalişi boşlaniş joyida ikki poyezd töqnaşib ketgan edi.