Adliya vazirligi tomonidan «Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan çiqariş töğrisida»gi buyruq çiqarildi.

Röyxatga muvofiq, 44ta normativ-huquqiy hujjat davlat reyestridan çiqariladi. Quyidagi hujjatlar ham röyxatga kiritilgan:

Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan özaro faoliyati tartibi;

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlaş maqsadida uni attestatsiyadan ötkazişning maxsus mezonlari;

«Markaziy depozitariyning savdo va hisob-kitob-kliring tizimlari bilan özaro aloqadorligi tartibiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi buyruq;

Özbekiston Respublikasi banklarida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kam baholi va tez eskiruvçi buyumlarning buxgalterlik hisobi böyiça yöriqnoma;

«Özbekiston Respublikasining berilgan radioçastotalarini xalqaro-huquqiy himoya qiliş töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida»gi buyruq.

Hujjat «Normativ-huquqiy hujjatlar töğrisida»gi qonunga, prezidentning 13.04.2018 yildagi «Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillaştirişga doir taşkiliy çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga, Vazirlar Mahkamasining 9.10.1997 yildagi «Vazirliklar, davlat qömitalari va idoralar me'yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Hujjat qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 31.03.2021 yildan kuçga kirdi.