«Biz bilgandik şunaqa bölişini, şunga tayyorgarlik körgandik. Faqat bir oydan keyin boşlanadi deb turgandik. Çunki bu havo haroratining kötarilişi bilan boğliq holat edi. Bilardik relslarning uzayişini. Temir yölda ham bor bu narsa. Hammasini hisobga olib qöyganmiz, lekin hali vaqt bor deb öylagandik. Harorat 20 gradus bölgani uçun hali bor deb öylagandik, şunday holat yuz berib qoldi», – ta'kidladi Xudoyqulov 16 aprel kungi matbuot anjumanida.
Eslatib ötamiz, avvalroq metroning Sergeli yönalişida texnik muammo sabab metro harakati 6 soatga töxtab qolgan edi. Bunga yönalişdagi kontakt relsining kronşteynni uşlab turiş qurilmalaridan çiqib ketişi sabab bölgandi.


Metropoliten rahbarining sözlariga köra, metroda texnik nosozliklarning oldini oliş maqsadida ekspertiza guruhi iş olib boradi.
«Barça yönalişlarimizda işçi guruh faoliyat olib borgan, şaxsan özim ham a'zoman guruhga. Avvalo, yölovçi sifatida yurib köramiz, keyinçalik yölovçilarga biror tösqinlik qiladigan holat bölmasligi uçun. Biz ham şu yerda işlaymiz, foydalanamiz, tizimdagi 4 mingdan ortiq xodim şu metroda bölamiz. Ekspertizadan ötgandan keyin ham özimiz qarab, tekşirib çiqamiz. Bu masalada yölovçilarga birorta xavf yöq», – deydi u.
Oybek Xudoyqulovning aytişiça, 2021 yilning dastlabki 3 oyida yölovçilardan tuşgan mablağ 31,5 mlrd sömni taşkil etadi. Metroda haftaning duşanba–juma kunlarida bir kunda 330 minggaça yölovçi taşiladi. Dam oliş kunlari yölovçilar nisbatan kamayadi: 140–150 mingga tuşadi. Bir oyda yölovçilardan tuşgan mablağ 10,5 mlrd söm böladi va şundan 8,5 mlrd söm tizimda faoliyat yuritayotgan 4200 nafar xodimga oylik sifatida beriladi. 3 mlrddan ortiqroq mablağ elektr energiyasiga sarflanadi.
«Jamoat transporti özini özi qoplamasligi sir emas, şuning uçun har yil yakunida keyingi yil xarajatlari uçun sarflanişi közda tutilgan mablağni taxminan hisoblab, Moliya vazirligiga ma'lum qilamiz. Jumladan, 2021 yil xarajatlari uçun bizga 45 mlrd söm mablağ davlat tomonidan ajratilgan. Tan olişimiz kerak, topayotgan pulimiz özimizning xarajatlarimizga yetmaydi. Buning oldini oliş maqsadida yölkira narxlarini kötariş haqida ham taklif kiritganmiz. Lekin davlat rahbari bunga yöl qöymasdan qolgani davlat tomonidan subsidiya qilib berilişi haqida topşiriq bergan», – dedi Oybek Xudoyqulov.















