Jurnalist Qarşi şahridagi Kökgumbaz jome masjidida, Ramazon oyining birinçi juma namozi haqida fotoreportaj tayyorlayotganda içki işlar xodimlari uning faoliyatiga tösqinlik qilişgan.

«Muborak Ramazon oyining ilk juma namozi qanday ötayotgani haqida fotoreportaj uyuştiriş uçun bugun soat 12:30lar atrofida Kökgumbaz jome masjidiga bordim. Odatda içki işlar xodimlari masjidga kiriş joyda turişadi. U yerdagi xodimlarning hammasi masjidga kamera bilan kirayotganimni körişdi.

Içkariga kirib suratlar oldim, fotoreportajni deyarli tugatganimda boş kiyimsiz IIB xodimlari kelib, nimaga suratga olayotganimni söraşdi. Jurnalistligimni va Daryo.uz muxbiri ekanimni aytdim. Xizmat guvohnomamni söraşganida, maşinamdaligini aytdim. Ular olib kelişimni söraşganida borib olib keldim. Juma namozi kunlari masjid atrofi tirband bölgani sababli hujjatni olib kelişimga 5-10 daqiqa vaqt ketdi.

Guvohnomamni olib kelib körsatdim va meni masjiddan qöli bilan surib çiqarmoqçi bölgan, xizmat faoliyatimga qarşilik qilgan xodimdan nega bunday qilganini, xatti-harakatlari uçun izoh berişini söradim. Şu paytda u kuç işlatib, telefonimni tortib oldi. Bu telefonimda olingan videoda ham aks etgan. Şundan söng içki işlar xodimlari meni jinoyatda gumonlanuvçilarni taşiydigan maxsus maşinaga bosib olib ketişdi», – deya Otabek Qöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Otabek Qöldoşev

Jurnalist yölda IIB xodimlaridan qayerga olib ketayotganini söragan. Xodimlar uni qayerga olib ketişayotganini bilmasliklarini, topşiriqni bajarişayotganini ta'kidlaşgan.

«Maşinada Qarşi şahar 1-sonli IIBga olib kelişdi. Içkariga kirganimizda ism-familiyamni yozib, jarayon böyiça işni boşlaşdi. Men ularga IIB binosiga kelgan har bir inson yaqinlariga qayerdaligini aytiş huquqi borligi uçun yaqinlarimga va tahririyatimga xabar berişimga ruxsat berişlarini iltimos qildim. Ular iloji yöqligini aytişdi.

Raşid ismli «uçastkavoy» bilan gaplaşganimizda, undan IIB viloyat boşqarmasi axborot xizmati Iroda opaga telefon qiling dedim. Raqamini söragandi, yoddan bilmasligimni va telefonimni berişsa, topib berişimni aytdim. Özida bor ekan, qönğiroq qildi. Men ham gaplaşişga ijozat sörab gaplaşdim. Iroda opaga vaziyatni va bölgan holatni aytib berdim.