Surxondaryo viloyati Boysun tumanida çöponlar çorva mollarini boqiş uçun yer talaşib janjallaşgan va bir-biriga tan jarohatlari yetkazgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 aprel kuni soat 10:30larda Boysun tumanidagi Şörsoy mahallasida yaşovçi O‘.J. tumanning Mehrobod mahallasida yaşovçi çöpon A.Q. ni çorva mollarini boqişi uçun tumanning Inkobod mahallasida joylaşgan akasi X.J.ga tegişli bölgan «ASLAN EKSKLYUZIV BOĞLARI» MÇJga qaraşli bölgan yer maydoniga olib borgan.
Öşa kuni X.J.ga tegişli bölgan yer maydonida, tumanning Hunarmandlar mahallasida yaşovçi M.A. hamda M.A. çorva mollarini boqayotgan bölgan. O‘.J. ularga uşbu yer akasiga tegişli ekanligini aytib, çorva mollarini olib çiqib ketişni talab qilganida, M.A. uşbu joydan çiqib ketmasligini aytib, örtada janjal kelib çiqqan. Janjalda har ikkala tomon bir-birlariga tayoqlar bilan urib tan jarohati yetkazgan.
Oqibatda, fuqaro O‘.J., A.Q., M.A. va M.A. şifoxonaga murojaat qilgan. Ularga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlangan va ekspertizadan ötkazilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan hozigi kunda Boysun tuman Içki işlar bölimi huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekşiruv harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Surxondaryoda 13 yoşli bola dovça tergani uçun piçoqlandi
Surxondaryoda fermerning yerini 120 million sömga sotayotgan şaxs uşlandi

















