Surxondaryoda fermerlardan biriga tegişli bölgan 40 sotix yerni 120 million sömga sotayotgan firibgar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.J. şu tumanda faoliyat olib boradigan «Ya.N.» fermer xöjaligi hududidan yer sotayotganda uşlangan.
Qayd etilişiça, A.J. fuqaro S.ning işonçiga kirib, «Ya.N.» fermer xöjaligi hududidan 40 sotix yer maydonini şaxsiy tomorqa sifatida foydalaniş uçun olib berib, tanişlari orqali uning nomiga rasmiylaştirib beriş evaziga 120 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta'kidlanişiça, mazkur holat yuzasidan A.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Samarqandda fermerning öğli otasiga tegişli yerni sotayotganda uşlandi
Surxondaryoda kanalning muhofaza maydonidagi yerni 75 million sömga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi

















