Qaşqadaryo viloyati Koson tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan şu tumanda yaşovçi iste'molçi «gardaniga ilingan» qariyb 9,5 million söm asossiz qarz öçirilgan. Bu haqda Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, Özbekiston iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasiga Qaşqadaryo viloyati Koson tumanida yaşovçi fuqaro B.Mahmatmurodov tomonidan murojaat kelib tuşgan. Unda ma'lum qilinişiça, iste'molçi 2015 yilda dala maydoniga Se 303 rusumli suv nasosi örnatgan. Tölovlarni öz vaqtida tölab kelişiga qaramasdan unga Koson tumani elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 9 million 443 ming söm asossiz qarzdorlik hisoblangan. Iste'molçi öz arizasida uşbu qarzdorlikka Koson TETK xodimlarining mas'uliyatsizligi sabab bölganini bildirgan.
Federatsiya xodimlari tomonidan uşbu murojaat örganilganda, noreal qarzdorlik 2019 yildan buyon mavjud bölib hanuzgaça bartaraf etilmagan aniqlangan. Uşbu qarzdorlikni bartaraf etiş yuzasidan MIB xodimlari va elektr taminoti mas'ullari xulosa qilgan bölsa-da, qarzdorlik dasturdan öçirilmagan.
Şundan söng, mazkur qarzdorlik böyiça Federatsiya xodimlari tomonidan Koson tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritilgan. Sud tomonlarning vajlarini örganib çiqib, 3 yildan beri iste'molçining böynida turgan 9 million 443 ming söm mablağni asossiz qarzdorlik deb topgan va dasturdan çiqariş böyiça qaror qabul qilgan.
Qarşida suv ta'minoti korxonasi fuqaroni asossiz 3 million qarz qildi
Iste'molçiga elektr uçun 18 mln söm örniga 89 mln söm hisoblandi

















