Majburiy ijro byurosining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, Farğona viloyatining Danğara tumanida yaşovçi şaxs «Lacetti» rusumli transport vositasini boşqariş jarayonida 2020 yil yanvar oyidan 2021 yil mart oyiga qadar yöl harakati qoidasini 36 marta buzgani aniqlangan. Ijro hujjatlari tahlil qilinganda haydovçi 33 marta tezlikni oşirgani (şundan 5tasi 2 mln 7 ming söm, 13tasi 1 mln 115 ming söm, 15tasi 223 ming sömlik jarimalar) hamda 3tasi boşqa turdagi qoidabuzarlik ekani ma'lum bölgan.
MIB axborot xizmatining qayd etişiça, uşbu ijro hujjatlari 10tagaça borib yetmasdan, qarzdor jarimalarni öz vaqtida tölaş haqida ogohlantirilgan. Biroq keyinçalik uning özini ham, transport vositasini ham topişning imkoni bölmagan.
Qayd etilişiça, 2021 yilning 14 aprel kuni MIB davlat ijroçilari tomonidan yöl-patrul xizmati inspektorlari bilan özaro hamkorlikda olib borilgan majburiy ijro harakatlari jarayonida qarzdor boşqaruvidagi «Lacetti» avtomobili Farğona şahrida uşlanib, jarima maydonçasiga olib kirilgan. Qarzdordan 36ta ijro hujjati böyiça 23 mln 850 ming söm jarima töliq undirib olingan, şuningdek, u ijro hujjatlari ijrosini ta'minlaşdan uzrsiz böyin tovlagani sababli ma'muriy javobgarlikka ham tortilgan.

















