Viloyat prokuraturasi tergov endigina boşlanganiga qaramay, maktab direktori 173 mln söm budjet pulini özlaştirgan deb bayonot tarqatgan. Avvalroq Kun.uz gumondor jinoyat işini uyuştirilgan deb hisoblayotgani haqida xabar bergandi:

Holatga ÖzXDP fraksiyasi a'zosining munosabati partiya saytida e'lon qilindi.

«Aslida gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi uning jinoyat sodir etişda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuçga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanadi. Lekin nima sababdan uşbu holatda tuman prokuraturasi va xabarni tarqatgan OAV vakillari aybsizlik prezumpsiyasiga oid tartib-qoidaga amal qilişmadi?

Oçiğini aytsam, özim ham köp yillik rahbarlik faoliyatim mobaynida şunga öxşaş holatlarga tuşganman. Bilasizmi, ba'zi prokuratura xodimlari işni xohlasa jinoyatga, xohlasa adolatga burib yuboradi, taqdirini belgilab qöyadi göyo», – deydi deputat.

Qizilgul Qosimova bu sözlari bilan hamma joyda tizim vakillari şunday işlaydi deyişdan yiroqligini ham qöşimça qiladi. Albatta, tizim xodimlari orasida adolat, kasbiga mas'uliyat bilan yondaşayotganlar köpçilikni taşkil etadi, deydi u.

«Saida Hoşimova 20 yil öqituvçi, 8 yildan buyon maktab direktori lavozimida işlagan ekan. U tekşiruvçilar xulosasi va dalolatnomasida keltirilgan har bir vajni izohlaşga intilar ekan, maktab direktori böladimi, boşqa soha vakilimi, xullas, hammamizga iş hujjatlarini yuritişga kömaklaşuvçi huquqşunoslar, mutaxassislarga ehtiyoj kattaligiça qolayotganiga yana bir amin böldim.

Sababi Saida Hoşimova tuşuntirişiça, u özi tomonidan amalga oşirilgan işlarning xat-hujjatini rasmiylaştiriş, ularni risoladagidek yuritişga yetarliça e'tibor qaratmagan. Ehtimol, bu borada unda malaka, tajriba yetişmagandir. Oddiy misol, qöşimça maşğulotlar uçun ota-onalar tomonidan tölangan mablağlarga maxsus hisobraqam oçişdek kiçik masala bir neça oylab paysalga solingani, bu masalada heç kim maktab direktoriga yordam bermaganini oqlab bölmaydi.

Agar prokuratura xodimlari tergov-suriştiruv jarayonlarida totalitar rejimdan qolgan qoğozbozlikka mukkasidan ketib qaror qabul qilsa, fuqarolarning qonun himoyaçilariga, qolaversa, davlatga işonçiga putur yetişi mumkin», – ta'kidlaydi u.