Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida ikkita maşinaning özaro töqnaşişi oqibatida ikki kişi vafot etgan. Yana ikki kişi oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 13 aprel kuni soat taxminan 18:30larda davlat ahamiyatidagi 4R79 Qarşi—Şahrisabz avtomobil yölining Qamaşi tumani Çim qişloğidan ötgan 34-kilometrida «Neksiya» va «Damas» iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Natijada «Neksiya» haydovçisi hodisa joyida, yana bir fuqaro körsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan şifoxonada vafot etgan. Yana ikki yölovçi esa oğir tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Qamaşi tuman IIB Tergov bölinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy iş qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaşqadaryoda «Matiz» va «Damas» iştirokidagi «avariya»da bir kişi halok böldi
Qarşi şahrida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy berdi












