Dehqonobod tumanida yaşovçi fuqaro farzandlari ta'minoti uçun aliment tölovini vaqtida tölamagani uçun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqida MIB Qaşqadaryo viloyat boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, fuqarolik işlari böyiça Ğuzor tumanlararo sudining 2020 yil 6 martdagi qaroriga asosan qarzdor M.N.dan undiruvçi N.R. foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uçun aliment undiriş belgilangan.
Uşbu ijro hujjati MIBning Dehqonobod tuman bölimi iş yurituviga kelib tuşgan va şu ijro işi yurituvi qözğatilgan. Qarzdorning mamlakatdan çiqiş huquqlari vaqtinça çeklangan.
Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanişiça, ötgan vaqt mobaynida qarzdor bir neça marotaba ogohlantirilgan bölsa-da, aliment pullarini tölaşdan qasddan böyin tovlab yurgan. Qarzdorlik salkam 13 mln sömga yetgan.
Şu sababli, farzandlar ta'minotini öylamagan mas'uliyatsiz otaga jinoyat işlari böyiça Dehqonobod tuman sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq çorasi qöllanildi.
















