Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida uçta maşina iştirokida ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda haydovçilardan biri va yana bir yölovçi vafot etgan. Bu haqda Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, bugun 29 aprel kuni soat taxminan 09:00da M39 Olmaota – Toşkent – Termiz xalqaro avtomobil yölining Dehqonobod tumanidan ötgan 1284-kilometrida Termiz – Toşkent yönalişi böyiça harakatlanayotgan «Kobalt» qarama-qarşi tomondan kelayotgan «Neksiya» maşinasi bilan töqnaşişdan qoçib, boşqaruvni yöqotgan. Söng «Jiguli»ga borib urilgan.


Oqibatda «Jiguli» boşqaruvidagi 1995 yilda tuğilgan haydovçi Q.D. voqea joyida vafot etgan. «Jiguli»da yölovçi sifatida ketayotgan 26 yoşli ayol esa oğir tan jarohatlari olib, tuman şifoxonasiga olib borgunça yölda vafot etgan. Qolgan haydovçilar va yölovçilar ham turli darajada tan jarohatlari olgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB va YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Qaşqadaryoda «Neksiya» va «Damas» iştirokidagi «avariya»da ikki kişi vafot etdi












