Jurnalist, şoir, tarjimon va media huquqi mutaxassisi Karim Bahriyev dunyoning turli mamlakatlarida davlat tili qoidalarini buzişga qanday jazo belgilangani yuzasidan fikrlarini bildirdi.
Ijodkor öz Facebook sahifasida e'lon qilgan ma'lumotlarni ayni kunlarda parlament quyi palatasida körilayotgan «Davlat tili haqida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokamalarida turli vajlar bilan özbek tili rivojiga qarşi bölayotgan ayrim deputatlarga bildiriş sifatida ham qabul qiliş mumkin.
Şuningdek, maqola til masalasining ahamiyati naqadar yuqori ekanini tuşunib yetmay (balki bilimi yetmay), ovoz beriş jarayonida betaraf qolayotgan «uyqudagi» deputatlarni ham uyğonişga da'vat qiladi.
Dunyo mamlakatlarida davlat tili qoidalarini buzişga qanday jazo beriladi?
Rocciya
«Davlat tili töğrisida»gi Rossiya Federal qonuniga köra, mulkçilik şaklidan qat'i nazar, Rossiya hududida faoliyat yurituvçi har qanday taşkilot davlat tili (rus tili)da iş yuritişi, taşkilotni nomlaşda ham davlat tilidan foydalanişi belgilangan. Rossiyada 190dan ortiq millat va elat yaşaydi. Qonunni buziş tegişli javobgarlikka sabab böladi.
Germaniya
«Ma'muriy amaliyotlar töğrisida»gi qonunga köra, ma'muriy amaliyotlar uçun rasmiy til sifatida nemis tili belgilangan. Agar mas'ul idoraga nemis tilidan boşqa tilda murojaat qilinsa, organ darhol uning nemis tiliga tarjimasini talab qilişi kerak. Nemis tilidan boşqa tilda murojaatlar körib çiqilmaydi.
Irlandiya
Davlat tili sifatida irland va ingliz tili qabul qilingan. Davlat organlarida davlat tillari töğrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinayotganini tekşiriş böyiça alohida organ mavjud. Agar davlat organi uşbu taşkilotga hujjatlarni taqdim qilmasa, ular bilan hamkorlik qilmasa, uşbu organ mansabdor şaxsi uçun 2000 yevrogaça jarima yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Bu tekşiruvlar natijasida til töğrisidagi qonun hujjatlari buzilgani aniqlansa, davlat organi mansabdor şaxsi javobgarlikka tortilişi mumkin.
Fransiya
Konstitutsiyada faqat fransuz tili davlat tili deb belgilangan. Tubon qonuniga köra, davlat taşkilotlari tomonidan iş yuritiş istisnosiz fransuz tilida olib boriladi, terminlarning fransuzça muqobili turganda, inglizçasi yoki boşqa tildagisini işlatiş taqiqlanadi. Fransiya aholisining 51 foizi fransuz tilidan boşqa tilda gaplaşadi. Qonun talablariga rioya qilmaganlik jismoniy şaxsga 700 yevro, yuridik şaxsga 3750 yevro jarima solinişiga sabab böladi, boşqa tilda peşlavhasi yoki yorliği yozilgan mulk musodara qilinişi ham mumkin.

















