Andijon viloyati Asaka tumanida sayyor kassa hisobçi-nazoratçilari 90,3 mln söm pensiya va nafaqa pullarini talon-taroj qilgani aniqlandi. Bu haqda prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

AT «Xalq banki» Andijon viloyati filialining murojaatiga asosan bankning Asaka filiali sayyor kassa hisobçi-nazoratçilari tergovga qadar tekşiruv ötkazgan. 

Tekşiruvda bankning Asaka filiali sayyor kassa hisobçi-nazoratçilari N.Q. va S.R. 158 nafar fuqaroning jami 90,3 mln söm pensiya va nafaqa pullarini tarqatmasdan, tölov qaydnomalarida imzolarni soxtalaştirib, talon-toroj qilgani aniqlangan.

Şuningdek, bank filialining sobiq rahbari U.Yu. va boşqalar «E.D.» MÇJ tomonidan bankda mablağni töliq söndiriş uçun tölangan 58 mln sömni bankka kirim qilmasdan özlaştirgani, qilmişlarini yaşiriş maqsadida notarial idoraga soxta hujjatlar taqdim qilib, garovdagi mulkka qöyilgan taqiqni bekor qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qiliş) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Andijon tumani zaxirasiga xarid qilingan 646,6 mln sömlik 149 tonna kartoşka sotib yuborilib, sotuvdan tuşgan pullar talon-toroj qilinganini haqida xabar berilgan edi.