Qaşqadaryo va Andijon viloyatlarida tibbiyot xodimlari hamda öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilgan mansabdor şaxslar javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Mehnat vazirligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 17 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani tibbiyot birlaşmasida xodimlar binoning atrofida tozalik va obodonlaştiriş işlariga jalb etilgan. Şuningdek, 2021 yil 26–27 aprel kunlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 19-maktab öqituvçilari hamda texnik xodimlari maktabning kapital ta'mirlaşga tuşgan qismida işlaşga majburlangan.
Yuqoridagi ikkita holat böyiça ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqatilgandan söng hududiy Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan örganiş işlari olib borilgan. Unda har ikki holatda ham xodimlar majburan işlatilgani isbotlanib, majburiy mehnatga yöl qöygan tegişli mansabdor şaxslar Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblaş miqdori 50 barobari miqdorida jarimaga tortilgan.
Aynan Yakkaboğ tuman tibbiyot birlaşmasida hamşiralar majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi xabarlar tarqalgaç, Qaşqadaryo viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi holatni rad etib çiqqan edi. Boşqarma axborot xizmatining 26 aprel kuni bildirgan munosabatiga köra, Yakkaboğdagi hamşiralarni heç kim majburiy mehnatga jalb qilmagan. Ular tibbiyot birlaşmasi hovlisidagi gullar qurib qolmasin deb, öz ixtiyorlari bilan işlaşgan.
Şuningdek, 2021 yil 16 aprel kuni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tuğuruqxona bölimi kiçik tibbiy xodimlari bölim atrofida tozalaş va obodonlaştiriş işlariga jalb qilingan. 19 aprel kuni viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi bu iş yuzasidan ham öz munosabatini bildirgan. Unga köra, Çiroqçi tuman tibbiyot birlaşmasida xodimlar öz vazifalarini bajarişgan.
Tuman tibbiyot birlaşmasi va kasaba uyuşmasi tomonidan tegişli tartibda tasdiqlangan lavozim yöriqnomasi hamda jamoa şartnomasiga köra, bölim atrofidagi hududni toza saqlaş kiçik tibbiyot xodimlarining vazifasiga kiradi. Mehnat vazirligi bildirgan munosabatda negadir Çiroqçi tuman tibbiyot birlaşmasidagi holat böyiça heç narsa deyilmagan.
«Agarda majburiy mehnat holatlariga guvoh bölsangiz, Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, 71-200-06-00 işonç telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilişingizni söraymiz»,

















