Tegişli qaror loyihasini tayyorlaş Fanlar akademiyasiga yuklatilgan. Bu haqda akademiyaning bir neça olimlari Kun.uz'ga xabar berdi.
Loyihada, şuningdek, yangi qurilayotgan Alişer Navoiy nomidagi xalqaro ilmiy markaz hududida Alişer Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi hamda şu nomdagi universitetning ixtisoslaştirilgan maktabi va xalqaro jamoat fondini joylaştiriş ham nazarda tutiladi.
Qaror loyihasini tayyorlaş muddati sifatida şu yilning 20 may sanasi belgilangan.

Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori Nizomiddin Mahmudov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda hukumat rahbari Abdulla Aripovdan şunday topşiriq bölganini tasdiqladi.
«Ha, bu xabar bor, lekin ilmiy markaz alohida taşkil qilinadimi yoki institut bölimlari negizidami, aniq emas. Menimça, institut töliq yöq bölib ketmasa kerak.
Çunki, davlat tili – özbek tilining butun ilmiy tadqiqotlari şu yerda qilinadi. Bizda davlat tili nufuzini oşiriş böyiça köplab qaror va farmonlar, prezident qarorlari bor.
Balki, bu bizning institut tarkibidagi mumtoz adabiyot tarixi negizida taşkil etilar. Institut direktori sifatida uni töliq yöq bölib ketadi, deb öylamayman», – dedi Nizomiddin Mahmudov.
Eslatib ötamiz, Kun.uz 2020 yil kuzida Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti taşlandiq binoda faoliyat olib borayotgani haqida reportaj e'lon qilgandi.

















