10 may kuni vodiyliklar ğaroyib hodisaga guvoh bölişdi. Quyoş atrofini kamalak rangiga monand halqa örab oldi.

Uşbu hodisa haqida oliy toifali geografiya öqituvçisi Dilfuza Izbayeva bizga sözlab berdi.

«Bu hodisa fanda ‘galo’ deb ataladi. Quyoş yoki Oy atrofida nurli uzuk paydo böladigan optik hodisa. Uşbu hodisa yuqori troposferada muz kristallaridan taşkil topgan sirus bulutlari mavjudligidan kelib çiqadi. Kristallarda yoruğlikning sinişi tufayli yuz beradi», — deydi geografiya öqituvçisi.

Eslatib ötamiz, Andijon osmonida noyob yoruğlik paydo bölib söngani yuzasidan rasmiy ma'lumot berilgan edi. 

«Ikki taxmin bor. Birinçisi, bu kosmik çiqindi, kosmik kemaning öz vazifasini bajarib bölgan qismi. Ikkinçi taxminga köra, bu kosmik jism, asteroid parçasi bölib, keça bolid körinişida namoyon böldi», — deya izoh bergan edi Fanlar akademiyasining Mirzo Uluğbek nomidagi Astronomiya instituti direktori örinbosari Yusufjon Tillayev.